avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Нишон туманида "Суд, ҳуқуқ ва ёшлар" лойиҳаси ўтказилди

ТАТУда учрашув
Учрашувлар
“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Нишон туман Кенгаши, Жиноят ишлар бўйича туман суди ҳамкорликда “Суд, ҳуқуқ ва ёшлар” лойиҳаси доирасида жорий йилнинг 20 ноябрь куни Жиноят ишлар бўйича туман суд биносида суд раиси билан ёшларнинг учрашуви  ўтказилди.
 
Учрашувда Жиноят ишлар бўйича Нишон туман суди раиси Ж.Норқобилов, — Жиноят ишлар бўйича Нишон туман судининг масъул ходими А.Олимов,“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати туман Кенгаши бош мутахассиси М.Ўткировлар қатнашиб ўқувчи ёшларга “Инсон ҳуқуқ ва эркинликлари ҳимоясида суд ҳокимиятининг роли, жиноий жазони либераллаштириш, судга қадар бўлган босқичда суд назорати ҳамда амнистия актини қўллашда суд тартибини ўрнатилиши”, мамлакатимизда мустақиллик йилларида суд-ҳуқуқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва тизимдаги янгиланишлар ҳақида батафсил маълумот берилди. 

 

 

Yoshlarga sud-huquq sohasi mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi

ТАТУда учрашув
Учрашувлар
Yoshlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar mazmun-mohiyati haqida yoshlarga keng tushunchalar berish, sud organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi tomonidan Jinoyat ishlari bo’yicha Nishon tuman sudi, tumandagi o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari hamkorlikda „Sud, huquq va yoshlar” loyihasi doirasida joriy yilning 18 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudida sud xodimlari bilan yoshlarning uchrashuvi tashkil etildi.  Uchrashuvda Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi xodimi R.Egamberdiyev, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.O’tkirovlar tomonidan mamlakatimizda mustaqillik yillarida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tizimdagi yangilanishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda o‘rta mahsus, kasb-hunar kollejida ta'lim olayotgan 25 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

 

 

“Ayollar sport festivali” musobaqasining viloyat bosqichi o'tkazildi

Баркамол авлод
Спорт
2015 yil 25 iyul kuni Nishon tumanidagi Nuriston sport majmuasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va hayotga tadbiq etish, O‘zbekiston aholisini sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish, ayollarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, korxona, tashkilot va muassasalarda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish maqsadida “Ayollar sport festivali” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada 14 ta tumanlardan ayollar jamoasi 6 ta sport turi, voleybol, engil atletika, stol tennisi, gimnastrada, shaxmat, darts sport turi bo‘yicha ishtirok etdi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilarga homiylar va tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Qarshi tumanida “Farzandlik burchim” va “Nuroniylar e’zozimizda” loyihalari o'tkazildi

Маънавият
Yoshlarni kattalarga hurmat, keksalarni e’zozlash va ularga nisbatan mehr va muruvvat ruhida tarbiyalash, yolg‘iz keksalar, urush va mehnat faxriylari, 50 yil va undan ortiq birga yashagan oilalar holidan xabar olish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi tuman Kengashi tomonidan 2015 yil 25 iyul kuni “Farzandlik burchim” va “Nuroniylar e’zozimizda” loyihalari doirasida 23 nafar patronaj yoshlar guruxi a’zolari ishtirokida tumandagi Navruz mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi 50 yil va undan ortiq birga yashagan oilalar, yolg‘iz keksalar xolidan xabar olinib, uy yumushlariga yordam berildi.

Korxona, tashkilotlar o'rtasida “Kamolot oltin to‘pi” sport musobaqasi

Баркамол авлод
Спорт
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining korxona, tashkilot va muassasalardagi azolarini jismoniy rivojlanishini takomillashtirish; voleybolga qiziqishini oshirish; jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Kamolot” YOIH Nishon tuman Kengashi tomonidan 2015 yil 16 iyul kuni Nuriston shaxarchasidagi sport majmuasida Harakatning korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot a’zolari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Kamolot oltin to‘pi” sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada Talimarjon Issiqlik elektr stansiyasi Unitar korxonasi jamoasi 1-o‘rinni, tuman Tibbiyot birlashmasi jamoasi 2-o‘rinni, Qarshi Magistral Kanalidan Foydalanish Boshqarmasi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘oliblariga “Kamolot” YOIH tuman Kengashining faxriy yorliq va estalik sovg’alari topshirildi.

Ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмасин

Маънавият
2015 йил 17 июл куни Рамазон ойи муносабати билан меҳнат фахрийлари, ёлғиз кексалар ва ногиронларнинг ҳолидан хабар олиш мақсадида “Ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмасин” шиори остида тадбир ўтказилди. Тадбирда Каптарли, Пахтакор, Улуғбек, Юксалиш МФЙ ва Нишон ҚФЙда истиқомат қилувчи 10 нафар хонадонга ташриф буюриб, улар холидан хабар олинди ва совғалар тарқатилди. 
 

 

"Yoz o'tmoqda soz-dam olamiz bir oz" mavzusida tadbir

Cпорт-саломатлик гарови
Саломатлик
       “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nishon tuman Kengashi tomonidan 2015 yil 10 iyul kuni “Nixol” oromgohida «Yoz o'tmoqda soz-dam olamiz bir oz» mavzusida tadbir o'tkazildi. Oromgohlarda dam olayotgan bolalarni har bir kunini yanada mazmunli o‘tishi uchun turli xil interfaol o‘yinlar, sport musobaqalari tashkil qilindi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib o‘z ist’edodini nomoyish etgan bolajonlarga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nishon tuman Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.

Yoz-o'tmoqda soz

Маънавият
 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nishon tuman Kengashi tomonidan 2015 yil 27 iyun kuni SHahrisabz tumanidagi “Guliston” oromgohida “YOZNI “KAMOLOT” BILAN”, “YOZNI “KAMALAK” BILAN” loyihasi o‘tkazildi. Oromgohlarda dam olayotgan bolalarni har bir kunini yanada mazmunli o‘tishi uchun turli xil interfaol o‘yinlar, sport musobaqalari tashkil qilindi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib o‘z ist’edodini nomoyish etgan bolajonlarga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nishon tuman Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.